BMT Bosh kotibi zudlik bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainada to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 1 sentyabr kuni “SHHT plyus” sammitida so‘z ochdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish tinchlik bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun yo‘l ochadi.

“Oradan to‘rt yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Endi Ukrainada to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish vaqti keldi. Bu xalqaro huquq, jumladan, BMT Nizomi va tegishli rezolyutsiyalarga muvofiq adolatli, mustahkam va keng qamrovli tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga yo‘l ochadi”, degan BMT Bosh kotibi.

Qayd etilishicha, Guterrish avval ham Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha gapirgan. 2025 yil iyulida u Ukrainaga raketa va dronlar yordamida uyushtirilgan yirik hujumlarni qoralab, to‘liq, zudlik bilan va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov esa Rossiya front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishni tinchlik muzokaralarini boshlash uchun dastlabki shart sifatida qabul qilmasligini bildirgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Ukraina mojarosini “muzlatish” Moskva uchun maqbul emasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish kabi minimal maqsadga erishmasdan yakunlash o‘z hayoti uchun xavf tug‘dirishidan xavotir bildirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing