“Bizda o‘q-dorilarning cheksiz zahirasi bor”. Tramp maqtanchoqlik qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘q-dorilar zahirasi haqida fikr bildirdi va Qo‘shma Shtatlarning yana bir urushda ishtirok etish ehtimolini baholadi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Bizda o‘rta va yuqori sinfdagi o‘q-dorilarning amalda cheksiz zahirasi mavjud. Ular ushbu yoki boshqa har qanday urush (ehtimoli juda past bo‘lgan!) uchun bizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lganidan ancha ko‘p”, deb yozdi Donald Tramp.

Oq uy rahbari Qo‘shma Shtatlar o‘q-dorilarni “avval kuzatilmagan miqyosda” ishlab chiqarayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Biz zahiralarni to‘playapmiz va har qanday kutilmagan holatlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz ularni boshqalarga sotmasdan, o‘zimizga – AQSHga olib qolmoqdamiz, biroq ittifoqchilarga sotuvlar tez orada qayta tiklanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Amerika harbiylarini Yaqin Sharqqa joylashtirish muddatini yashirincha uzaytirayotgani, chunki Eronga qarshi operatsiya bu yil tugamasligi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing