Biz oxirigacha kurashamiz - Kannavaro
Sport
−
06 dekabr 5133 1 daqiqa
Kecha, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy oldi. O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’adan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu – jahon chempionati va unda har qaysi raqib bilan ro‘baro‘ kelish mumkin. Biz Portugaliya va Kolumbiya bilan o‘ynaymiz. Albatta, bizning futbolchilarimiz uchun ajoyib lahzalar bo‘ladi. Biz mundialdamiz va qur’ada hammasi ro‘y berishi mumkin. Biz shu yerda ekanligimizdan xursandmiz va umid qilaman biz oxirigacha kurashamiz”, deydi Fabio Kannavaro qur’a tashlash marosimidan so‘ng.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatini 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi. Uchrashuvlarning qaysi stadionlarda bo‘lib o‘tishi bugun, 6 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Live
Barchasi