Biz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga qodirmiz – Flik
Sport
−
12:26 743 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga qodir ekanligini ta’kiladi. Bu haqda Flik Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda vaziyat butunlay o‘zgarib ketishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, biz ijobiy ruhda qolishimiz kerak. Jamoamizda ko‘plab sifatli futbolchilar bor va men Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish imkonimiz bor, deb o‘ylayman. Albatta, buning uchun yana rivojlanishimiz kerak. Hozir esa eng muhimi barcha futbolchilarning sog‘lom bo‘lishi va o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishi”, deydi Flik.
“Barselona” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Angliyada bo‘lib o‘tgan ushbu jamoalar ortasidagi dastlabki uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Chempionlar ligasi finali Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs joriy yilning 30 may kuniga belgilangan.
Live
Barchasi