Bivol keyingi jangini ham Beterbiyevga qarshi o‘tkazadimi? Xirn javob berdi
Sport
−
26 fevral 1659 1 daqiqa
Birinchi og‘ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) mutlaq jahon chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol keyingi jangini yana hamyurti Artur Beterbiyevga qarshi o‘tkazish niyatida emas. Bu haqda Bivolning promouteri Eddi Xirn “Liverpool Echo” nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Turki Al ash-Shayx Entoni Yard va Kallum Smit o‘rtasida jang tashkil etishga chaqirdi. Ammo biz Dmitriy Bivol va Smit o‘rtasida yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni maqomi uchun jang o‘tkazishni maqsad qilganmiz”, deydi Xirn.
Ma’lumot uchun, Kallum Smit 34 yoshda. U yengil vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion hisoblanadi. U 2012 yilda professional ringda debyut qilgan. Bu vaqt ichida Smit 31 g‘alabaga erishdi, shuningdek, ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Hozirda Kallum ikki jangdan iborat g‘alabali seriyani davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bivol-Beterbiyev trilogiyasiga Rossiya poytaxti Moskva mezbonlik qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi