Bir joyda bo‘ladigan mahalliy idoralar ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2025 10574 2 daqiqa
O‘zbekistonda tuman va shaharlarda faoliyat yurituvchi mahalliy boshqaruv organlarini bir joyga optimal ravishda joylashtirish bo‘yicha ro‘yxat va ma’muriy binolar qurilishi uchun yer tanlash mezonlari belgilandi. Bu haqda joriy yil 22 oktyabrda qabul qilingan “Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari o‘rnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida so‘z boradi.
Quyida bir joyda optimal joylashtiriladigan mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati keltirilgan:

Shuningdek, ma’muriy binolar qurilishi uchun yer tanlash mezonlari belgilandi. Unga ko‘ra, tanlanadigan yer maydoni 1,5 — 2 gektar atrofida bo‘lishi lozim.
Ushbu joy shahar markaziga yaqin, aholi va tashkilotlar uchun qulay transport hamda yo‘l infratuzilmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Avtobus, metro yoki boshqa jamoat transporti orqali yetakchi magistral yo‘llarga chiqish imkoni bo‘lishi shart.
Mezonlar ichida energiya va suv ta’minotining mavjudligi, ekologik sof muhit, tabiiy ravishda yorug‘lik tushishi hamda yerning qurilish uchun qulay joylashuvi kabi talablar ham belgilangan.
Shu bilan birga, avariya holatida tez evakuatsiya qilish imkoniyati va aholi gavjum hududlarga yaqinligi ham muhim mezon sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolar qurilishi xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025