Bir qancha vaqt oldin vafot etgan homilador ayolning farzandi tug‘ildi

Olam

image

AQSHda bir necha vaqt avval vafot etgan ayolning bolasi tug‘ildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jorjiya shtatidan bo‘lgan Adriana Smit homiladorlik paytida miya o‘limi holatiga uchragan. Shundan so‘ng uning organizmi hayotiy faoliyatni ta’minlovchi tibbiy uskunalarga ulangan holda saqlab turilgan. 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning buvisi Eypril Nyukirkning so‘zlariga ko‘ra, bola erta tug‘ilgan – shifokorlar kesish yo‘li bilan uni saqlab qolgan. Chaqaloq hozirda yangi tug‘ilgan bolalar reanimatsiyasi bo‘limida joylashtirilgan bo‘lib, uning og‘irligi taxminan 823 grammni tashkil etadi.

“Ehtimol, hammasi yaxshi bo‘ladi. U hayoti uchun kurashmoqda”, degan shifokorlar. 

Adriana Smit 2025 yilning fevral oyida qattiq bosh og‘rig‘i bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruvlarda uning miya qon tomirlarida tromblar aniqlangan va bu holat miya o‘limiga olib kelgan. Jorjiya shtatida abortlarni cheklash haqidagi qonunga ko‘ra, shifoxona homila tug‘ilishi uchun yetarli darajada rivojlangan bo‘lgunga qadar ayolning tanasini qo‘llab-quvvatlab turishga majbur bo‘lgan.

“Biz bolani saqlab qolishni xohladik, axir u bizning qizimizning bir qismi edi. Ammo bunday qarorni shtat emas, biz – oila qabul qilishi kerak edi”, degan marhumaning oila a’zolari.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing