Bekxem Britaniyaning ilk milliarder sportchisi bo‘ldi
Sport
−
15 may 3095 2 daqiqa
“Manchester Yunayted” va “Real Madrid”ning sobiq futbolchisi ser Devid Bekxem britaniyalik sportchilar orasida boyligi 1 milliard funt sterlingdan oshgan ilk sportchiga aylandi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, sobiq futbolchi va uning rafiqasi Viktoriya Bekxemning umumiy boyligi hozirda taxminan 1,185 milliard funt sterlingga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 500 million funt sterlingga oshgan.
Boylikning sezilarli o‘sishi Bekxemning AQSHdagi investitsiyalari, xususan uning “Inter Mayami” klubidagi ulushi qiymati ortgani bilan bog‘liq. Klubning Lionel Messi bilan shartnoma imzolashi ham bunga katta ta’sir ko‘rsatgan.
“Forbes”ning so‘nggi milliarderlar reytingiga ko‘ra, sport olamidagi eng boy insonlar qatoridan Maykl Jordan (4,3 milliard dollar), Mejik Jonson (1,6 milliard dollar), Lebron Jeyms (1,4 milliard dollar), Tayger Vuds (1,5 milliard dollar) hamda Rojer Federer (1,1 milliard dollar) ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, 51 yoshli Bekxem futbolchilik faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Milan”, “Los-Anjeles Galaksi” hamda “Pari Sen-Jermen” safida to‘p surgan.
“Manchester Yunayted” bilan u olti karra Angliya chempioni, ikki karra Angliya kubogi sohibi va UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. “Real Madrid” bilan La Liga va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. PSJ safida Fransiya chempioni bo‘lgan, “Los-Anjeles Galaksi” bilan esa ikki marta MLS kubogida g‘olib chiqqan.
Shuningdek, Bekxem Angliya terma jamoasi safida 115 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan.

Live
Barchasi