Behruz Karimov Yevropa jamoasiga o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi Toshkentda yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shu yerning o‘zida “Lugano” bilan shartnoma imzolagan.

Endilikda Karimov Shveysariyada ishlash uchun viza olishini kutmoqda. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, futbolchi Luganoga yo‘l oladi.

Shveysariyaning Contropiede nashri ham “Lugano” klubi “Surxon”dan 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Behruz Karimovni o‘z safiga qo‘shib olganini xabar qilgan. Manbaga ko‘ra, klub hali transferni rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, futbolchi shartnomani imzolab bo‘lgan. “Lugano”ning rasmiy bayonoti esa yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Karimov “Odil Junior” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan.

Karimovning transferi “Lugano”ning o‘ng qanot himoyachisi Mattia Zanottining kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida amalga oshmoqda. Italiyalik futbolchining boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.

Ayni paytda “Lugano” Shveysariya Superligasida ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Yang Boyz” to‘plar nisbati bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing