Bayden: koronavirus tufayli 36 mln amerikalik och qolmoqda
Olam
−
06 fevral 2021 3246 1 daqiqa
Koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab AQSHning 36 million fuqarosi och qolmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qilgan.
"24 million katta yoshlilar va 12 million bolalarda yetarlicha ovqat yo‘q. Ular demokratlar yoki respublikachilar emas, ular amerikaliklar", degan Bayden.
Prezident shuningdek, AQSHning 15 million aholisi ijara haqini o‘z vaqtida to‘lay olmasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda 26,6 million kishi kasallikni yuqtirgan, 455 ming kishi vafot etgan. O‘tgan kun davomida 119 ming kishida infeksiya aniqlangan.
Live
Barchasi