Bastoni pedofillikda gumon qilinmoqda – OAV

Sport

image

Italiya terma jamoasi hamda “Inter” klubi himoyachisi Alessandro Bastoni voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq ehtimoliy jinsiy huquqbuzarlik ishi doirasida tergovga jalb qilindi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Bastoni tergov haqida rasmiy xabarnoma olgan va ertaga, 3 iyul kuni so‘roqda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Xabarda aytilishicha, tergovga sabab bo‘lgan voqea 2020 yil iyun oyida sodir bo‘lgan deb hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi unga nisbatan bildirilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Bastoni 2017 yildan buyon “Inter” safida to‘p surib kelmoqda. U klub bilan uch marta Italiya chempionligini, uch marta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqqan. Italiya terma jamoasi safida esa 2021 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan hamda 2022 yilgi Finalissima musobaqasida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing