“Barselona” yirik, PSJ ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Sport
−
10 aprel
319410 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final ilk o‘yinlari davom ettirildi. Unda “Barselona” o‘z uyida “Borussiya Dortmund”ni 4:0 hisobida, PSJ “Park de Prens”da “Aston Villa”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Barselona” ilk o‘yindayoq masalani hal qildi
Ushbu o‘yinning 25-daqiqasida mezbonlar vingeri Rafinya Kubarsining zarbasidan so‘ng to‘pga tegib qo‘ydi va golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi taymning 48 va 66-daqiqalarida Robert Levandovski dublni rasmiylashtirib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 77-daqiqada Lamin Yamal o‘yindagi so‘nggi nuqtani qo‘ydi, 4:0. Uchrashuv yakunida bir e’tiborga loyiq hodisa ro‘y berdi. Ya’ni “Barselona”ning so‘ngan yulduzi Ansu Fati Lamin Yamalning o‘rniga maydonga tushdi va uni muxlislar qarsaklar bilan qarshi oldi. Shu tariqa, kataloniyaliklar ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi va bir oyog‘i bilan keyingi bosqichga qadam tashladi.
PSJ kichik kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi
Parijda bo‘lib o‘tgan o‘yinning 35-daqiqasida birmingemliklar vingeri Morgan Rojers hisobni ochdi. PSJ golga erta javob bera oldi va 39-daqiqada Dezire Duye shedevr zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymni parijliklar faol boshladi hamda gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya 49-daqiqada gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Uchrashuv yakunida, ya’ni 90+2-daqiqada Nuno Mendesh o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa, Luis Enrike qo‘l ostidagi PSJ ilk o‘yinda g‘alaba qozonib, imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
Qayd etish joiz, Emeri shogirdlari 2:1 hisobini maksimum ushlab turishga intildi, ammo unday bo‘lmadi. Lekin Birmingemdagi bahsda ham “Aston Villa” PSJga kurash taklif qila oladi.
Ma’lumot o‘rnida, ikkala uchrashuvning javob o‘yinlari 16 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi
LiveBarchasi