“Barselona” Holand bilan shartnoma imzolashga tayyor – manba
Sport
−
12:58 2330 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq direktori va sport departamenti xodimi, ayni paytda Joan Laportaning saylovoldi shtabi a’zosi Joan Soler kataloniyaliklar Xulian Alvares va Erling Holand kabi yulduzlar bilan shartnoma imzolashga qodir ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Cadena SER nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Albatta, biz bunday transferni amalga oshira olamiz. Barcha transferlar besh yil davomida bo‘lib to‘lov qilish mumkin. Moliyaviy holatimiz bizga bunday xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq biz o‘zimiz belgilagan chegaradan ortiq mablag‘ to‘lashni istamaymiz, shuning uchun futbolchilarni bozor narxida sotib olishimiz mumkin”, deydi Soler.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresning bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi. “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand esa 200 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erling Holand uchun Fransiyaning PSJ jamoaci ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi