Bangladeshda 16 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi
Olam
−
04 avgust 2021 6100 1 daqiqa
Bugun, 4 avgust kuni Bangladeshda bo‘layotgan to‘y vaqtida yashin urishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Bangladesh” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 4 avgust kuni soat 12:30 larda mamlakat shimolidagi Shibganj tumanida, mehmonlar Padma daryosida qayiqda ketayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kutilmaganda yuz bergan tabiat hodisasi tufayli yana olti kishi jarohat olgan. Ular hozirda shifoxonaga joylashtirilgan. Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust