Baxtiyor Saidov Eronga boradi
Jamiyat
−
11 mart 2023 4949 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga ketyapti. Bu haqda TIV ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidovning tashrifi joriy yilning 11-12 mart kunlariga rejalashtirilgan. Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Eronning SHHTga a’zo bo‘lishini ma’qullagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr