Babayan endi “Andijon”da ishlaydi
Sport
−
01 dekabr 3030 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Samvel Babayan bosh murabbiy va klub rahbari sifatida “Paxtakor” bilan 9 karra O‘zbekiston chempioni, 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi, OCHLda 2 marta yarim final ishtirokchisi, bir marta MDH kubogi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, mutaxassis “Navbahor” bilan OCHL 1\8 finalgacha yetib borgan. Samvel Vyacheslavovich boshqargan klublarida kuchli uchtalikdan pastga tushmagan.
Ta’kidlash joizki, Samvel Babayan 2015-2017 yillar oralig‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Babayanning oxirgi jamoasi Namanganning “Navbahor” klubi bo‘lib, 2024 yilning yozida “lochinlar” bilan ikki tomonning kelishuvi bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Babayan faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Spartak” (Latviya), “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.
Live
Barchasi