Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi. Bu haqida sportchi o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 


Boks oqshomida Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayo bilan bahs olib boradi.
Solomon shu kungacha prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U 13 ta jangni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal etgan. 

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 16 marta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolov joriy yilning 6 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Pro 10” turnirining markaziy jangida rossiyalik Vitaliy Kuduxov bilan to‘qnash kelib, sakkiz raundlik jangda ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov prof boks Solomon Adebayo "Humo arena"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing