Aziz Voitov Investitsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart 2020 11348 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 10 martidagi qarori bilan Aziz Botirovich Voitov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Aziz Voitov 2017 yil dekabrdan shu kunga qadar “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Voitovgacha bu lavozimda Alisher Abdualiyev faoliyat yuritayotgandi.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2010 yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining “Biznes boshqaruvi” mutaxassisligini tamomlagan.
Live
Barchasi