Ajrashayotgani aytilgan Zelenskiy rafiqasi bilan ko‘rinish berdi
Olam
−
08 iyul 5004 2 daqiqa
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan ajrashayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, kecha, 7 iyul kuni Anqarada o‘tgan NATO sammiti doirasidagi rasmiy kechki ovqat marosimida Vladimir Zelenskiy rafiqasi bilan birga ko‘rinish berdi.
Er-xotin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mezbonlik qilgan marosimda boshqa davlat va hukumat rahbarlari hamda ularning turmush o‘rtoqlari bilan birga kameralar qarshisida suratga tushgan. Yelena Zelenskaya ushbu tadbirda qora rangdagi klassik kostyum-shim kiygan. Xalqaro nashrlar uning obrazini sodda, zamonaviy va minimalistik uslub namunasi sifatida baholagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Rossiyaning RIA Novosti agentligi Rossiya kuch tuzilmalarining manbalariga tayanib, Vladimir Zelenskiy rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan ajrashishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.
Nashrga ko‘ra, Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi audioyozuvlarni e’lon qilgan. Mazkur yozuvlar Kiyev yaqinidagi “Dinastiya” turar joy majmuasi qurilishi va noqonuniy mablag‘larni legallashtirish ishi bilan bog‘liq.
Audioyozuv manbalarga ko‘ra “Dinastiya” majmuasidagi to‘rtinchi kottej Yelena Zelenskaya uchun qurilgan bo‘lib, u ajrashish oldidan kompensatsiya sifatida rejalashtirilgan.
Shuningdek, uyning egasi “Vova” ekanligi aytilgan. Audioyozuvlarda tilga olingan “Vova” laqabi ostida esa Vladimir Zelenskiy nazarda tutilgan.
Biroq bu da’volar Ukraina tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
NATO sammitidagi rasmiy tadbirlarda Ukraina Prezidenti va Yelena Zelenskayaning birgalikda ishtirok etishi ajrashish haqidagi xabarlarni yana muhokamalar markaziga olib chiqdi.
Live
Barchasi