Ayrim rahbarlarning odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmaydi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini aytdi. Bu haqda Prezident bugun, 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, mazkur rahbarlar zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayapti.

Ma’lum qilinishicha, hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Shuningdek, bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etilgan.

Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident mazkur yig‘ilishda Piskent tumanini ajratilgan kreditlar sarfi yuzasidan tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing