Avtobuslarda ortiqcha yuk uchun qo‘shimcha pul to‘lanadi

Jamiyat

image

Avtobuslarga ortiqcha yuk bilan chiqilganda qo‘shimcha to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Turg‘unov O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Sanjar Turg‘unovga ko‘ra, hozirgi kunda ortiqcha yuk uchun to‘lov amalga oshirish imkoniyati cheklanib turibdi. Lekin, yaqin kunlarda bu masala yechimini topadi va bugungi kunda ortiqcha yuk uchun qo‘shimcha to‘lovlarni elektron tizim orqali amalga oshirish mexanizmi ustida ish olib borilmoqda.

“Tizim joriy etilgach, yo‘lovchilar ATTO kartalar yoki bank kartalari orqali ortiqcha yuk uchun ham to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi tizim yaqin kunlarda ishga tushiriladi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 yanvar kunidan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgan edi. Ayni shu sanadan boshlab poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi. Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi – 1 700 so‘m. Barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus ortiqcha yuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing