Ash-Shara Suriya amaldorlarini almashtiradi
Olam
−
06 fevral 6782 2 daqiqa
Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) ikki hafta ichida mamlakat hukumati tarkibini o‘zgartirish niyatida. Bu haqda Suriyaning yuqori martabali rasmiylarga tayanib, “The National” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda faoliyat yuritayotgan bir nechta vazirlar o‘zgarish arafasida.
“Gap bir necha kun, ko‘pi bilan bir necha hafta ichida vazirlarni almashtirish haqida ketmoqda”, degan nashr manbalaridan biri.
Qo‘shimcha qilinishicha, hattoki muvaqqat bosh vazir Muhammed al-Bashir o‘z lavozimini saqlab qolishi ham noma’lumligicha qolmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, ash-Sharadan boshqa hech kim o‘zgarishlar qanday kechishini bilmaydi, faqat Asad al-Shiboniy tashqi ishlar vaziri sifatida qoladi.
Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, 20 ta vazirlik tarkibi 2024 yil dekabrida Bashar Asadning ketishi natijasida yuzaga kelgan “siyosiy bo‘shliq”da shakllantirilgan.
Ma’lum qilinishicha, AQSH avvalroq Suriya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun hokimiyatdagi radikal unsurlarni mamlakatni boshqarishdan chetlashtirish zarurligini ochiq-oydin bildirgan.
“National” nashrining aniqlik kiritishicha, Suriya hukumatining deyarli barcha a’zolari Al-Shara boshchiligidagi “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi bilan chambarchas bog‘langan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada sobiq prezident Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin mamlakatni qayta qurish jarayoni doirasida milliy gerb, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yangilanishi haqida xabar berilgandi. Tarixchilar, tadqiqotchilar va olimlardan iborat 50 nafar ko‘ngilli guruh Suriya uchun milliy ramzlarni ishlab chiqish loyihasi ustida ishlamoqda. Loyiha 3-4 oy ichida yakunlanishi kutilmoqda. Jamoa a’zolari loyiha tafsilotlari sizib ketishining oldini olish uchun maxfiylik shartnomasini imzolagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr