Asensio PSJga o‘tishi mumkin
Sport
−
02 iyun 2023 4168 1 daqiqa
“Real” yarim himoyachisi ispaniyalik Marko Asensio PSJga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Unga ko‘ra, 27 yoshli ispaniyalik muzokaralarda hech qanday qiyinchilikka uchramasa, yaqin kunlarda PSJ bilan 4-5 yillik shartnoma imzolaydi.
Bu vaqtga qadar yarim himoyachiga “Chelsi”, “Liverpul” va “Aston Villa” klublari qiziqish bildirdi, biroq unga ko‘proq PSJ taklifi ma’qul.
“Qaymoqranglilar” ispaniyalikka shu mavsum tugaydigan shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo futbolchi zaxira o‘rindig‘idagi rolidan rozi emas.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum La Liganing 30 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28