“Arsenal” o‘z yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
20 fevral 889 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi futbolchisi Bukayo Saka Londonning “Arsenal” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda “kanonirlar”ning matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli qanot futbolchisining yangi shartnomasi muddati rasman oshkor qilinmagan. Klub bitim uzoq muddatga mo‘ljallanganini ma’lum qilgan. Avvalroq mahalliy OAVlar yangi kelishuvga ko‘ra, Saka klub tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkinligini xabar qilgandi.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma 2031 yilgacha amal qilishi va futbolchi haftasiga 300 ming funt sterling maosh olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Saka “Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2019 yil yozidan buyon asosiy jamoa safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Umuman olganda, “kanonirlar” safida 297 ta o‘yinda ishtirok etib, 78 ta gol muallifiga aylangan.
Shuningdek, Saka Angliya terma jamoasi safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.