“Arsenal” “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi
Sport
−
14:52 263 2 daqiqa
Londonning “Arsenal” klubi qishki transfer oynasida “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TeamTalk” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining vakillari ham “kanonirlar” bilan bog‘lanib, 28 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transferi haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” klublariga ham shunga o‘xshash takliflar berilgan.
Hozircha rasmiy transfer so‘rovi bildirilmagan, biroq bir qator Angliya klublari futbolchiga dastlabki qiziqish bildirgan. “Bavariya” va Saudiya Arabistoni klublari ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
“Barselona” esa hanuz Olmoni yuqori baholaydi va uni muhim futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq kataloniyaliklar ma’lum shartlar asosida uni sotish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Klubda Fermin Lopes ushbu pozitsiyada yanada muhimroq rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Olmoning transferi “Barselona”ga himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ishlab olish imkonini berishi mumkin. Kataloniyaliklar uchun “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni asosiy maqsadlardan biri ekani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dani Olmoni joriy mavsumda 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, shulardan 3 tasidagina asosiy tarkibda o‘yinni boshladi.
Live
Barchasi