“Arsenal” argentinalik hujumchi uchun kurashga qo‘shildi

Sport

image

Londonning “Arsenal” jamoasi “Atletiko Madrid”ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvaresning transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Atletiko Madrid”da 12 yil davomida faoliyat yuritgan, hozirda “Arsenal”ning sport direktori bo‘lgan Andrea Berta “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan yaxshi munosabatlarni saqlab kelmoqda.

Manba ma’lum qilishicha, “Arsenal” vakillari argentinalik futbolchiga rasman qiziqish bildirishdan oldin uning Madriddan ketish ehtimoli bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida futbolchining atrofidagilar bilan norasmiy muzokaralar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Alvares shartnomasida 500 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Biroq, agar “matraschilar” yozda futbolchini sotish haqida o‘ylasa, uning narxi 100 million yevrodan yuqori bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xulian Alvares “Atletiko Madrid” safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Arsenal” “Atletiko Madrid” Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing