“Arsenal” Angliyaning eng qimmat jamoasiga aylandi 

Sport

image

“Transfermarkt” portali Angliya Premer-ligasi futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi. Yangilangan transfer narxlaridan so‘ng Londonning “Arsenal” klubi Angliyadagi eng qimmat jamoaga aylandi.

Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, “Arsenal” jamoasi tarkibini 1,31 milliard yevroga baholagan. Bu ko‘rsatkich “Arsenal”ni Angliyadagi eng qimmat jamoaga aylantirdi. “Manchester Siti” jamoasining tarkibi 1,21 milliard yevro bilan ikkinchi, “Liverpul” klubining tarkibi esa 1,15 milliard yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi. Reytingda to‘rtinchi o‘rinni 1,14 milliard yevroga baholangan “Chelsi” jamoasi egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘rinda 920,6 million yevrolik tarkibga ega “Tottenxem ” joylashgan.

Ayni damdagi Angliya Premer-ligasining eng qimmat futbolchisi Erling Holand  bo‘lib turibdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik hujumchining transfer narxini 180 million yevroga baholamoqda. Undan keyingi o‘rinlarni “Arsenal” futbolchisi Bukayo Saka va “Liverpul” jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak egallagan. Ularning har ikkalasining transfer narxi 140 million yevro. Undan keyingi o‘rinda “Liverpul” futbolchisi Florian Virs bormoqda. Uning narxi 130 million yevro.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov transfer narxi o‘zgarishsiz qoldi. Hozirda Husanovning “Transfermarkt” portalidagi narxi 35 million yevro hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Arsenal Angliya Prem'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing