Armanistonda sobiq bosh vazir hibsga olindi

Olam

image

Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan hibsga olindi. Bu haqda Armaniston korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi xabar berdi.

“Armaniston Milliy Assambleyasining sobiq spikeri va sobiq bosh vaziri Ovik Abramyan korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoiy ish doirasida hibsga olindi”, deyiladi xabarda.

Abramyan pul yuvish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va noqonuniy tadbirkorlikda ishtirok etishda ayblanmoqda. Qo‘mita jinoiy ish bo‘yicha batafsil ma’lumot keyinroq taqdim etilishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Filippin politsiyasi respublikani 2016–2022 yillarda boshqargan sobiq prezident Rodrigo Duterteni insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha Xalqaro jinoiy sud orderi asosida hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Ovik Abramyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing