APL sobiq hakami 9 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Sport

image

Angliya Premer-ligasining sobiq hakami Devid Kut voyaga yetmagan bolaning nomaqbul videosini suratga olgani uchun to‘qqiz oylik shartli qamoq jazosi hamda ikki yillik diskvalifikatsiya bilan jazolandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil sentyabr oyida Kut voyaga yetmagan bola ishtirokidagi nomaqbul videoni suratga olishda ayblangan. Mazkur hodisa 2020 yil yanvar oyida sodir bo‘lgan. 

Shuningdek, 43 yoshli sobiq hakam 2024 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yurgen Kloppni haqorat qilgani va Yevro-2024 turniri vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgani aks etgan videolar tarqalganidan so‘ng Angliya Premer-ligasi o‘yinlarini hakamlik qilishdan chetlashtirilgan. Shaxsiy suhbatda u nemis mutaxassisi va mersisaydliklar klubini haqorat qilgan.

Keyinchalik sobiq hakam giyohvand moddalar iste’mol qilganini ham tan olgan. Ushbu holatlar uning professional faoliyati yakunlanishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik taniqli basketbol hakami Urosh Nikolich xalqaro politsiya operatsiyasi davomida uyushgan jinoyatchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

APL hakami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing