APL klublari “ish haqi chegarasi” mexanizmiga qarshi ovoz berdi

Sport

image

Angliya Premer-ligasi klublari yangi moliyaviy chora “ish haqi chegarasi” tizimini joriy etish taklifiga qarshi ovoz berdi. Bu tizim har qanday klubning jamoa xarajatlarini liganing quyi darajadagi klub daromadidan besh baravar oshib ketmasligi bilan cheklashni nazarda tutardi. Bu haqda “The Standart” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Premer-liganing 20 ta jamoasidan 12 tasi bu tizimiga qarshi ovoz bergan. Manchester shahridagi klublar, shuningdek, “Aston Villa” ham bunga qarshi bo‘ldi. Faqat 7 ta klub taklifni qo‘llab-quvvatlagan. Tanqidchilar, shu jumladan Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA), bu chorani amalda “maosh chegarasi” deb atab, bu tizimga qarshi chiqayotgan edi.

Buning o‘rniga klublar Squad Cost Ratio (SCR) tizimini joriy qilishga ovoz bergan. Unga ko‘ra, klub daromadining atigi 85 foizi maydondagi xarajatlarga, ish haqi, transfer to‘lovlari va agentlar xarajatlariga, sarflanishi mumkin bo‘ladi. UEFA ham shunga o‘xshash modelni qo‘llaydi va klublarni o‘z musobaqalarida daromadning 70 foiziga teng keladigan xarajatlar bilan cheklaydi.

SCR tizimi 2026-2027 yilgi mavsum boshidan kuchga kiradi, Premer-ligadagi mavjud tizim esa joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ingliz futbolidagi uchta eng nufuzli agentlik C Base, C Stellar va Key Sports Management Premer-liganing yangi ish haqi chegarasi tizimini joriy etish rejasiga qonuniy choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga ish haqi chegarasi 20 ta jamoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing