Anvar Sobirov rasmiy lavozimga tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Xonanda Anvar Sobirov mas’ul lavozimni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi axborot xizmati xabar berdi. 

"Sobirov Anvar Karimovich - uyushmaning mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mahallalarda ijodiy jamoalar faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish guruhlariga rahbarlik qiladi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Anvar Sobirov 1976 yil 24 iyulda Xorazmda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan. U bolaligidan Komiljon Otaniyozov nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabining doira bo‘limida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, Urganch musiqa bilim yurtining an’anaviy ijro bo‘limiga o‘qishga kirgan. Xonanda Toshkentdagi Madaniyat institutini ham bitirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar