Angliya Panamani mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 28 iyun kuni Angliya milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi va so‘nggi turida Panamani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada inglizlar guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi.

AQSHning Nyu-Jersi shtati, Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Angliyaning g‘alaba gollariga Jud Bellingem 62-daqiqada va Harri Keyn 67-daqiqada mualliflik qildi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Harri Keynning goli Jahon chempionatlaridagi 11-gol bo‘ldi. Shu tariqa u Angliya terma jamoasi tarixida mundiallarda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. 

Avvalgi rekord 10 ta gol bilan Gari Linekerga tegishli edi. Ushbu g‘alaba orqali Angliya “L” guruhida 7 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi. Jamoaning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Panama esa uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, ochkosiz holda guruhdagi ishtirokini to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi. Ushbu guruhda Xorvatiya terma jamoasi 3-turdagi Ganani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqdi. Endilikda ular 1/16 bosqichda Portugaliya yoki Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing