Andijonlik erkak qariyb 2 kg gashish bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11:20 549 1 daqiqa
Andijon viloyatining Marhamat tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qariyb 2 kilogramm gashish moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida 1993 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro dala maydonidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kilogramm 986 gramm gashish moddasini qarindoshi orqali qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga olib kirilayotgan 11,8 kilogramm gashish moyi musodara qilingandi.
Live
Barchasi