Andijonda tovlamachilikni reja qilgan jinoiy guruh fosh etildi
3-sahifa
−
13 mart 3257 2 daqiqa
Andijon viloyatida tovlamachilik orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 fevral kuni 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining Nexia 3 rusumli avtomashinasida o‘ziga tanish bo‘lgan yigit bilan uning sevgan qizini o‘qishdan olish uchun Andijon davlat universiteti tomon ketayotgan paytda bir ayol ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jabrlangan shaxs ushbu vaziyatdan g‘arazli maqsadda foydalanishga qaror qilib, o‘ziga tanish bo‘lgan ikki nafar ayol bilan jinoiy reja tuzgan. Bu qing‘ir rejaga ko‘ra, ayol bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga go‘yoki yigitning aybdor ekanligi ko‘rsatilib, unga nisbatan ruhiy bosim o‘tkazish boshlangan.
Guruh a’zolari ko‘ngilsiz holat oqibatida jabrlangan ayolga ancha miqdorda xarajat qilishganligini ro‘kach qilishib, buning evaziga yigitdan 550 AQSH dollari talab qilgan. Agar kelishilgan pul mablag‘lari berilmasa, yigit va uning sevgilisini uyga borib sharmanda qilish va ular haqida turli uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh a’zolari talab qilingan 550 AQSH dollari miqdordagi pullarni olayotgan paytda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 24 yoshli erkakni “shantaj” qilish bilan qo‘rqitgan ayollar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust