Andijonda Nexia YPX mashinasini pachoqlab tashladi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida Nexia-2 yo‘l chetida to‘xtab turgan yo‘l-patrul xizmati mashinasining ortiga borib urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 7 noyabr kuni soat 14:15 da Oltinko‘l tumani “Uyshin” MFY hududidan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 142-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yo‘l-patrul xizmati inspektori kichik serjant I.O. o‘zining Lacetti rusumli patrul avtomashinasini yo‘lning o‘ng chetiga to‘xtatib, xizmatini piyoda davom ettirayotgan vaqtida Oltinko‘l-Andijon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan Nexia-2 haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, xizmat avtomashinasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, avtomashinalar texnik shikastlangan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark va YPX mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Nexia-2 YPX mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing