Andijonda mashinalardan o‘zishga uringan Nexia fura bilan to‘qnashdi
3-sahifa
−
12 aprel
6147Andijon viloyati Shahrixon tumanida o‘zidan oldindagi avtomobillardan o‘tib ketishga uringan Nexia-3 qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasiga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 aprel kuni Shahrixon tumani “Begbachcha” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lning 413-kilometrida Andijon-Shahrixon yo‘nalishi bo‘ylab Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oldindagi transport vositalaridan o‘zib ketmoqchi bo‘lgan. U yo‘lning o‘ng chetki qismi tomonida harakatlangan va oldindagi transport vositasiga tegib ketmaslik uchun keskin tormoz berish oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng Nexia-3 yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan IVECO rusumli yuk transport vositasining tirkamasini orqa chap tomoniga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashinadagi yo‘lovchi shilinma tan-jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida Isuzu yuk avtomobili DAF rusumli yuk avtomobilining orqasiga urilgandi. Kabina ichida qolib ketgan Isuzu haydovchisi qutqarilgan.
LiveBarchasi