Andijonda mansabdorlar 260 mln so‘mlik gaz quvurlarini “yeb yuborgani” aniqlandi
Jamiyat
−
22 dekabr 2020 5905 1 daqiqa
So‘nggi paytlarda davlat tashkilotlarida talon-toroj qilish holatlari ko‘paymoqda. Xususan, chekka hududlarga tabiiy gaz yetazib berish qiyin bo‘lgan bir davrda Andijon viloyati Asaka tumanida tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan demontaj qilingan gaz quvurlarini talon-toroj qilish holati fosh etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz” Andijon gaz ta’minot filiali, Asaka tuman bo‘linmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tumandagi tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan demontaj qilingan 260 mln so‘mlik turli hajmdagi gaz quvurlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust