Andijonda mahbuslar hibsxonada janjal uyushtirdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
25 mart 2022 23020 1 daqiqa
Joriy yilning 21 mart kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbus janjal oqibatida vafot etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat taxminan 15:00 da IIV huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida mahbus M.S. kamerada birga saqlanayotgan mahbus U.J. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda har ikki mahbus bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Xabarga ko‘ra, M.S. olgan jarohatlari sabab, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. U.J. muassasaga qarashli shifoxonada davolanmoqda.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust