Andijonda katta miqdorda narkotik sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs giyohvandlik vositalarini sotishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.

Paxtaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri o‘zi istiqomat qilayotgan xonadon oldida 1 dona polietilen o‘ramdagi giyohvandlik vositasini 5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Mazkur o‘ram belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi modda salkam 400 gramm “gashish” giyohvandilk vositasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limining huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Xonobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida ham giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasining oldi olingan.

Tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning dastlab yonida va avtotransport vositasida 8 ta bo‘lakda salkam 33 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi va bir dona elektron tarozi borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1,12 gr “gashish” hamda 42,64 gr “marixuana” giyohvandlik moddalari saqalanayotgani aniqlangan.

Xabarda bildirilishicha, hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanida 2 kilogrammdan ortiq “gashish”ni 17 ming AQSH dollariga sotishni ko‘zlagan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon narkotik Husan Tangriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing