Andijonda qariyb 2 kg “gashish”ni 18 ming dollarga sotganlar ushlandi
3-sahifa
−
12:12 311 1 daqiqa
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida qariyb 2 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini 18 ming dollarga sotgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX Chegara qo‘shinlari, Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi, 1988 va 1995 yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro 1 kilogramm 971 gramm “gashish”ni shartli xaridorga 18 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qo‘lga olish vaqtida ular tezkor xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, voqea joyidan qochishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol ushlangan edi.
Live
Barchasi