Abituriyent yotgan holda imtihon topshirdi
Jamiyat
−
31 iyul 2019 7878 1 daqiqa
Bu yilgi test sinovlaridagi kutilmagan va avval yuz bermagan holat Andijonda kuzatildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishiga sirtqi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tgan D.Abbosova betobligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelingan.
Universitet bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni ta’minlagan holda unga imtihonlarda qatnashish imkoniyatini yaratib berdi. Abituriyent test savollarini yotgan holatda ishlab, qiyinchiliksiz imtihonlarni yakunladi.
Yakunda abituriyent ushbu holatida test topshirishiga yetarlicha sharoit yaratib bergan test markazi va Andijon davlat universiteti mas’ul xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025