Andijonda hokim o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida hokim o‘rinbosari 15 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuman hokimi o‘rinbosari mansab mavqeidan foydalanib, tuman hudidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yida 400 metr uzunlikdagi suv yo‘lini yopiq tizimga o‘tkazgan holatda uning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida har biri 30 metr kvadrat bo‘lgan jami 68 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimli tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs pullarni to‘liq olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora hokim o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing