Andijon va Xorazmda aholiga ajratilgan arzon ko‘mirni “rastrata” qilgan mas’ullar ushlandi
3-sahifa
−
03 noyabr 2020
4941Andijon va Xorazm viloyatida aholiga yetkazilishi kerak bo‘lgan arzon ko‘mirni talon-toroj qilgan mas’ullar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Shahrixon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchisi “Z.” hech qanday hujjatsiz ko‘mir mahsulotlarini olib ketayotganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda, “O‘zbekko‘mir” AJning “Andijon ko‘mir yetkazuvchi” filiali Shahrixon tumani ombori mansabdor shaxslari aholiga yetkazilishi lozim bo‘lgan arzonlashtirilgan 24,3 tonna ko‘mirni 12,1 mln so‘mga sotib yuborganliklari fosh bo‘lgan.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan ham tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filialiga qarashli Yangiariq tuman ko‘mir ombori mudiri R.A. va operatori D.J. aholiga yetkazilishi lozim bo‘lgan arzonlashtirilgan 38,9 tonna ko‘mirni 13,6 mln so‘mga “R.” MCHJga qarashli pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonaga sotishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi