Amerikalik grossmeyster vafot etdi

Sport

image

Amerikalik shaxmat grossmeysteri va sharhlovchi Deniel Naroditskiy 29 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida Shimoliy Karolinadagi Sharlotta shaxmat markaziga tayanib, “Associated Press” nashri xabar berdi.

Naroditskiy 18 yoshida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan va 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. U shaxmat strategiyasi bo‘yicha kitoblar muallifi bo‘lib, tezkor (blits) shaxmatda ham dunyoning eng kuchli 25 nafar o‘yinchisi qatoriga kirgan. Avgust oyida u AQSH milliy blits chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Naroditskiy  so‘nggi yillarda YouTube va Twitch platformalarida jonli efirlar orqali shaxmatni ommalashtirgan. Ko‘plab elita shaxmatchilar, jumladan, Xikaru Nakamura va Benyamin Bok ijtimoiy tarmoqlarda uning vafotidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Deniel Naroditskiy Kaliforniyada tug‘ilgan, ota-onasi Ukraina va Ozarbayjondan AQSHga ko‘chib kelgan muhojirlar hisoblanadi. Naroditskiy Sharlottada yosh shaxmatchilarga murabbiylik qilib kelgan. Uning o‘lim sababi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston chempionati birinchi liga vakili “Xan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleu 19 yoshida vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat grossmeyster Deniel' Naroditskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing