Alonso “Chelsi” rahbariyati bilan uchrashdi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati Xabi Alonso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, londonliklar yangi bosh murabbiy borasidagi yakuniy qarorni yaqin kunlarda qabul qilishi kutilmoqda. Klub yangi murabbiy nomini Jahon chempionatidan oldin rasman e’lon qilishni rejalashtirgan.

Xabi Alonsodan tashqari, londonliklar murabbiyligiga nomzodlar qatorida Andoni Iraola, Oliver Glasner hamda Marku Silva ham bor.

Ma’lumot uchun, Alonsoning murabbiy sifatidagi so‘nggi ish joyi “Real Madrid” bo‘lgan. U jamoani 2025 yil iyunidan 2026 yil 12 yanvariga qadar boshqargan.

Ispaniyalik mutaxassis ushbu davr mobaynida 28 ta uchrashuvda jamoani maydonga olib tushgan. Ulardan 20 tasida g‘alaba qozonilgan, 3 ta bahs durang bilan yakunlangan va 5 ta o‘yinda mag‘lubiyat qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” “Real Madrid” Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing