Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani rasman tasdiqlandi
Olam
−
12:02 2233 1 daqiqa
Eronning sobiq oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning bevasi Mansureh Xojasteh Bagherzoda tirik ekani tasdiqlandi. Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Fars News” agentligi xabar berdi.
Kecha, 12 mart kuni Eronning amaldagi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk rasmiy nutqida halok bo‘lgan yaqinlari qatorida onasini tilga olmagan edi. U AQSH va Isroil hujumlari oqibatida o‘zining turmush o‘rtog‘i, singlisi, jiyani va pochchasi halok bo‘lganini aytib, shahidlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirishini aytgan.
“Fars News” agentligi ushbu taxminlarni tasdiqlab, ayrim nashrlar sobiq rahbarning turmush o‘rtog‘i shahid bo‘lgani haqidagi xabarni yanglishib e’lon qilganini ta’kidladi.
Shuningdek, Mujtabo Xomanaiy o‘z murojaatida xalqaro yuk tashish uchun muhim yo‘l bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq qolishini qat’iy ta’kidlagan. U armiya hamda xalqning bardoshini maqtab, dushmanga qarshi samarali mudofaa davom etishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 28 fevral kuni AQSH-Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida Oyatulloh Ali Xomanaiyning rafiqasi Mansureh Xojasteh Bagherzoda og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.