“Al-Nasr” futbolchilari oylik ololmayapti – OAV
Sport
−
14 iyul 8427 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sababli jamoaning ayrim futbolchilari iyun oyi uchun belgilangan maoshlarining bir qismini haligacha ololmagan. Bu haqda “Arriyadiyah” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati qolgan qarzdorlikni keyinroq qoplashni rejalashtirmoqda. Mablag‘ yetishmasligi tufayli “Al-Nasr” shartnomasi yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etgan xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovichning o‘rnini bosadigan xorijlik futbolchini izlash jarayonini ham vaqtincha to‘xtatgan.
Qayd etilishicha, klub moliyaviy vaziyatdagi noaniqlik sabab hozircha biror nomzod bilan rasmiy muzokaralarni boshlamagan.
Shunga qaramay, “Al-Nasr” 2025-2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, 2019 yildan beri ilk bor Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda.
Live
Barchasi