AQSHning Ukrainadagi biolaboratoriyalari xalqaro tekshiruvni talab qiladi – Eron

Olam

image

Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari haqidagi ma’lumotlar Eronda chuqur tashvish uyg‘otdi va Tehron vaziyat xolis xalqaro tekshiruvni talab qiladi, deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani bayonot berdi.

“AQSHning Ukraina va dunyoning boshqa ba’zi mamlakatlaridagi harbiy biolaboratoriyalari haqidagi xabarlar chuqur tashvish uyg‘otmoqda. Bu harakatlar AQSHning xalqaro majburiyatlariga, xususan, Biologik qurollar bo‘yicha konvensiyaga rioya qilishga ziddir, shuningdek, bu insoniyat uchun xavf tug‘diradi. Mazkur masala xolis xalqaro tergovni talab qiladi”, deb yozdi Nosir Kanani Twitter'dagi sahifasida.

Ta’kidlash joizki, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakilining bayonoti Rossiya Federatsiyasi parlament komissiyasining Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari ishini tekshirish bo‘yicha yakuniy hisobotidan keyin yangragan. Unda Pentagonning harbiy-biologik dasturi so‘nggi yillarda keng ko‘lamli xususiyat kasb etib, Biologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya ruxsat bergan terrorchilikka qarshi loyihalar va tadbirlar niqobi ostida amalga oshirilayotgani qayd etilgan. 

Shuningdek, komissiya Pentagon mutaxassislari AQSH nazoratidagi barcha laboratoriyalar ishida ishtirok etishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, ularning faoliyati yopiq xarakterga ega bo‘lib, bunday laboratoriyalar joylashgan mamlakatlarning davlat organlariga faqat ikkilamchi xarakterdagi tadqiqotlar uchun ruxsat berilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Eron Ukraina biologik laboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing