AQSHning Isroilga nisbatan munosabati o‘zgardi – NYT

Olam

image

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan siqib chiqardi, endi Tel-Aviv Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar haqida ma’lumotlarni Yaqin Sharqdagi yetakchilar va diplomatlar orqali yig‘ishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda ismi oshkor etilmagan isroillik mulozimlarga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga harbiy ittifoqchi sifatida qaraydi, biroq Eron bilan muzokaralarda uni yaqin sherik deb hisoblamaydi. Shu munosabat bilan gazeta avvallari Eronga qarshi kurashda AQSHning “ikkinchi uchuvchisi” bo‘lgan Isroil Bosh vaziri endilikda shunchaki “yo‘lovchi”ga aylanib qolganini qayd etgan.

Maqolada aytilishicha, Isroil teng huquqli sherik maqomidan “AQSH harbiylarining pudratchisi” darajasiga tushirib qo‘yilgan. Bu Isroil uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin va oldinda saylovlar kutayotgan Netanyaxu uchun “kamsituvchi zarba” bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH Isroil bilan birgalikda Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Bunga javoban Tehron Isroilga, AQSH bazalariga va Yaqin Sharqdagi neft infratuzilmasiga raketalar va dronlar bilan zarbalar bermoqda. Bundan tashqari, Eron dengiz orqali yetkazib beriladigan neftning qariyb 30 foizi to‘g‘ri keladigan Hormuz bo‘g‘zini yopib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing