AQSHning hozir Ukrainaga ajratadigan vaqti yo‘q – Zelenskiy

Olam

image

AQSH hozir Eron bilan bog‘liq urush va muzokaralar bilan bandligi sabab Ukrainaga yetarlicha vaqt ajrata olmayapti. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, agar Eron atrofidagi urush cho‘zilsa, Ukrainaga beriladigan qurol va yordam miqdori kamayadi. Zelenskiy ayniqsa, Ukraina armiyasida “Patriot” havo mudofaa tizimlari yetishmayotganini ta’kidlagan va hozir vaziyat juda og‘ir ekanini aytgan.

Shu bilan birga, Zelenskiy Germaniyani Ukrainaning eng muhim strategik hamkori deb atab, Germaniya ayni damda Ukrainaga AQSHdan ham ko‘proq yordam berayotganini aytgan.
U, shuningdek, Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirishni juda muhim deb bilishini, chunki bu mamlakat uchun siyosiy va iqtisodiy jihatdan foydali ekanini bildirgan. NATOga kirish esa qiyinroq bo‘lishi mumkinligini, chunki ba’zi davlatlar bunga qarshi chiqishi ehtimoli borligini qo‘shimcha qilgan. 

Ukraina fuqarolarining erkin harakatlanishini taqiqlay olmasligini ham bildirib, ko‘plab ukrainalik erkaklarning Germaniyaga ketishi Germaniya uchun katta yuk bo‘layotganini tan olgan. 

Uning aytishicha, AQSH vakillari hozir ko‘proq Eron bilan muzokaralar bilan band bo‘lgani uchun Ukraina masalasi biroz orqada qolib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Vladimir Zelenskiy bayonot berib, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi fonida Kiyev “Patriot” havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishi qisqarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing